Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi davlat texnika universitetida yong‘in sodir bo‘ldi. 14 sentyabr kuni universitet bosh binosining tom qismida yong‘in chiqqan, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Yong‘in haqida xabar soat 14:53 da kelib tushgan. Qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borib, yong‘inni o‘chirishga kirishgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.