Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Seul shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
To‘plamdan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan shartnoma va bitimlar o‘rin oldi.
Bular – transport, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, sun’iy intellekt, texnik ko‘mak, oliy, maktab va maktabgacha ta’lim, tibbiy mahsulotlarni tartibga solish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, intellektual mulkni himoya qilish, arxiv ishi va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar.