O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Mirziyoyev va Vuchich Belgradda oliy darajadagi muzokaralarni boshladilar

Dilafro'z Niyazova · 08.09.2026 · 16:05 · 36 views
Mirziyoyev va Vuchich Belgradda oliy darajadagi muzokaralarni boshladilar
Mirziyoyev va Vuchich Belgradda oliy darajadagi muzokaralarni boshladilar / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Belgraddagi Serbiya saroyida Serbiya Respublikasiga rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich davlatimiz rahbarini samimiy qarshi oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangradi, artilleriya to‘plaridan o‘n marta o‘q uzilib, tantanali salyut berildi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.