Sport

Kamilla Rahimova China Open turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi

Kamilla Rahimova China Open turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi
Kamilla Rahimova China Open turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi / Foto: O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Kamilla Rahimova Pekin shahrida bo‘lib o‘tayotgan China Open tennis turnirining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.

Birinchi bosqich uchrashuvida Rahimova ispaniyalik tennischi Marina Bassols Riberani 6:4, 7:6(2) hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchi WTA 1000 toifasidagi turnirdagi ishtirokini davom ettiradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.