Sport

O‘zbekiston Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etdi
O‘zbekiston Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etdi  / Foto: UFA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Eron terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Hisob 10-daqiqada ochildi. Eldor Shomurodov raqibning xatosidan foydalanib, O‘zbekiston terma jamoasini oldinga olib chiqdi.

49-daqiqada Eron terma jamoasi jarima zarbasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi.

Biroq 58-daqiqada Shomurodov penaltini aniq amalga oshirib, O‘zbekiston terma jamoasini yana oldinga olib chiqdi.

Yakuniy hisobni Husayn Norchayev belgiladi. U 90+4-daqiqada gol urib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 1 oktyabr kuni Toshkentda Suriyaga qarshi o‘tkazadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.