Sport

Aichi-Nagoya-2026: Sharifa Davronova yana oltin medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: Sharifa Davronova yana oltin medal oldi
Aichi-Nagoya-2026: Sharifa Davronova yana oltin medal oldi  / Foto: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi vakili Sharifa Davronova faoliyatida ikkinchi marta Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Uch hatlab sakrash musobaqasida Davronova 14,35 metr natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi va Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi.

Shu tariqa, Sharifa Davronova Osiyo o‘yinlarining ikki karra chempioniga aylandi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasining Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlaridagi medallari soni 26 taga yetdi: 6 ta oltin, 12 ta kumush va 8 ta bronza medal.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.