Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida ikki bronza medalini qo‘lga kiritdi. Terma jamoa sovrinlarini qilichboz Polina Volobuyeva va kurashchi Saydullo Abdurashidov keltirdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Polina Volobuyeva rapira bo‘yicha musobaqada ishtirok etib, yarim finalga qadar yetib bordi va uning natijalariga ko‘ra bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Terma jamoaga yana bir medalni ushu bo‘yicha musobaqada Saydullo Abdurashidov olib keldi. Sanda dasturining 56 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida o‘zbek sportchisi yarim finalga yo‘l oldi va unda Xitoy vakiliga mag‘lub bo‘ldi. Turnir yakuniga ko‘ra Abdurashidov bronza medaliga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi uchun Abdurashidovning medali ushu musobaqalaridagi ikkinchi sovrin bo‘ldi.