Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va AQSH amalga oshirilishi 12 milliard dollar o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi 54 ta kelishuvni imzoladi.
Hujjatlar sanoat, transport va energetika infratuzilmasi, muhim minerallar, moliya sektori, raqamli texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va taʼlim sohalarini qamrab oladi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Kelishuvlarning bir qismi sanoat ishlab chiqarishi va temir yo‘l sohasini rivojlantirishni nazarda tutadi. Jumladan, Wabtec kompaniyasi bilan tashabbuslar O‘zbekistonda temir yo‘l texnikasi va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan.
Franklin Templeton, Oppenheimer & Co., Citigroup va BlackRock kompaniyalari bilan kelishuvlar o‘zbekistonlik kompaniyalarning xalqaro kapital bozorlariga chiqishi, institutsional investorlarni jalb qilish va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish masalalarini qamrab oladi.
Hamkorlikning alohida yo‘nalishi muhim minerallar bilan bog‘liq.
ReElement Technologies, Traxys va Trafigura kompaniyalari bilan kelishuvlar konlarni o‘rganish va o‘zlashtirish, texnologik hamkorlik hamda mineral resurslar yetkazib berishni nazarda tutadi. Shuningdek, ular O‘zbekistonning ushbu sohadagi salohiyati va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Boshqa tashabbuslar raqamli texnologiyalar, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi sohalarini qamrab oladi.
Amazon Leo bilan hamkorlik sunʼiy yo‘ldosh aloqasini rivojlantirishni, GE HealthCare bilan hamkorlik zamonaviy tibbiyot texnologiyalarini joriy etishni, Valmont Industries bilan hamkorlik esa qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.