Moliya

OTB O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi

OTB O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi
OTB O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston hukumati vakillari bilan sog‘liqni saqlash, taʼlim, ijtimoiy himoya hamda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish sohalaridagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar 21–25 sentyabr kunlari OTBning O‘zbekistondagi missiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Missiyaga bank bosh direktori o‘rinbosari Ayako Inagaki rahbarlik qildi.

Tomonlar inson kapitalini rivojlantirish bilan bog‘liq yo‘nalishlarda davlat va xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Inson kapitalini rivojlantirish OTBning O‘zbekiston bilan hamkorlik strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Tashrif davomida Ayako Inagaki OTB ko‘magida Toshkent va Samarqand shaharlarida amalga oshirilayotgan loyihalar obyektlarini ham borib ko‘rdi.

U tashabbuslarni amalga oshirish jarayoni bilan tanishish va ularning natijalarini baholash maqsadida xizmat ko‘rsatuvchilar hamda ushbu xizmatlardan foydalanuvchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, tomonlar ijtimoiy va inson rivojlanishining asosiy sohalaridagi hamkorlikning keyingi yo‘nalishlarini muhokama qilishni davom ettirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.