Iqtisod

O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 16,3 foizga kamaydi

O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 16,3 foizga kamaydi
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 16,3 foizga kamaydi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 24,2 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olindi. 2025 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 28,9 mlrd kub metrni tashkil etgan. Qazib olish hajmi 16,3 foizga kamaygan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2024 yilning yanvar–avgust oylarida 30,1 mlrd kub metr gaz qazib olingan.

Gaz kondensati ishlab chiqarish 14,8 foizga kamayib, 760,5 ming tonnadan 648,3 ming tonnaga tushgan. 2024 yilning yanvar–avgust oylarida mazkur ko‘rsatkich 829,4 ming tonnani tashkil etgan.

Neft qazib olish hajmi 425 ming tonnani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 foizga kamaygan. 2025 yilning yanvar–avgust oylarida 434,5 ming tonna neft qazib olingan edi. 2024 yilning shu davrida esa 485,1 ming tonna neft qazib olingan.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish 4,6 foizga oshib, 775,7 ming tonnadan 811,3 ming tonnaga yetdi. 2024 yilning yanvar–avgust oylarida 898,3 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish 6,1 foizga oshib, 786,6 ming tonnadan 834,3 ming tonnaga ko‘paydi. 2024 yilning shu davrida mazkur ko‘rsatkich 711,3 ming tonnani tashkil etgan.

Ko‘mir qazib olish 10,2 foizga kamayib, 4,9 mln tonnadan 4,4 mln tonnaga tushdi. 2024 yilning yanvar–avgust oylarida ham 4,4 mln tonna ko‘mir qazib olingan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.