Iqtisod

Cobalt O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylandi

Cobalt O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylandi
Cobalt O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchiga aylandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Cobalt 2020–2026 yillar, jumladan, joriy yilning yanvar–iyul oylari yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgan yengil avtomobil bo‘ldi. Bunga qadar turli yillarda ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha asosan Nexia va Nexia 3 yetakchilik qilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda turli rusumdagi 263 731 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Ularning 91 140 tasi Cobalt hisobiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda 47 521 ta avtomobil bilan Damas va 25 779 ta avtomobil bilan Tracker qayd etilgan.

2025 yilda Cobalt ishlab chiqarish hajmi 161 152 ta avtomobilni tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinni 93 681 ta avtomobil bilan Damas, uchinchi o‘rinni esa 50 362 ta avtomobil bilan Tracker egallagan. Bir yil avval ham Cobalt yetakchi bo‘lgan: 164 887 ta avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, Damas ko‘rsatkichi 101 912 ta, Tracker ko‘rsatkichi 45 918 tani tashkil etgan.

2023 yilda Cobalt 118 093 ta miqdorida ishlab chiqarilib, Damas (89 154 ta) va Gentra (82 133 ta)dan o‘zib ketgan. 2022 yilda esa ko‘rsatkichlar mos ravishda 101 617, 87 105 va 72 235 ta avtomobilni tashkil etgan.

2021 yilda Cobalt 71 082 ta avtomobil natijasi bilan birinchi o‘rinni saqlab qolgan. Yetakchilar uchligiga, shuningdek, Damas (55 068 ta) va Gentra (51 061 ta) kirgan. 2020 yilda ham Cobalt 79 908 ta avtomobil bilan ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilik qilgan. Undan keyin Nexia 3 (66 402 ta) va Damas (51 692 ta) joylashgan.

2019 yilda birinchi o‘rinni 73 151 ta avtomobil bilan Nexia 3 egallagan. 56 211 ta avtomobil ishlab chiqarilgan Cobalt ikkinchi, 51 824 ta avtomobil bilan Damas uchinchi o‘rinda bo‘lgan. 2018 yilda ham Nexia 3 59 343 ta avtomobil bilan yetakchilik qilgan. Undan keyin Cobalt (37 626 ta) va Damas (34 618 ta) qayd etilgan.

2017 yilda eng katta ishlab chiqarish hajmi Nexia 3 hisobiga to‘g‘ri kelgan — 34 544 ta avtomobil. Keyingi o‘rinlarda Damas (22 496 ta) va Spark (22 360 ta) bo‘lgan.

2016 yilda 19 018 ta avtomobil bilan Nexia yetakchi bo‘lgan. Spark 17 735 ta, Damas esa 16 817 ta avtomobil ishlab chiqargan.

2015 yilda Nexia yana birinchi o‘rinni egallagan — 47 224 ta avtomobil. Ikkinchi o‘rinda 39 532 ta avtomobil bilan Gentra, uchinchi o‘rinda esa 27 255 ta avtomobil bilan Cobalt bo‘lgan.

2014 yilda Cobalt 61 189 ta avtomobil bilan yetakchilik qilgan. Nexia 58 751 ta avtomobil bilan ikkinchi, Gentra esa 46 397 ta avtomobil bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

2013 yilda ham Cobalt ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan — 60 412 ta avtomobil. Nexia 59 709 ta, Matiz esa 31 205 ta avtomobil ishlab chiqargan.

2012 yilda Nexia 83 573 ta avtomobil bilan yetakchilik qilgan. Keyingi o‘rinlarda Matiz (55 443 ta) va Spark (33 027 ta) joylashgan. 2011 yilda ham Nexia 86 200 ta avtomobil bilan birinchi o‘rinni egallab, Matiz (57 775 ta) va Spark (28 973 ta)dan o‘zib ketgan.

2010 yilda ishlab chiqarishning eng katta hajmi Nexia hisobiga to‘g‘ri kelgan — 87 100 ta avtomobil. Matiz 72 999 ta mashina bilan ikkinchi, Lacetti esa 23 917 ta bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.