Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyada kadrlar yetişmasligi fonida 10 dan ortiq yapon transport kompaniyasi Özbekistondan avtobus haydovçilarini jalb qiliş maqsadida Toşkentga keldi. Bu haqda Özbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.
WILLER EXPRESS kompaniyasi rahbari Xirayama Kodzi 19 noyabr kuni Toşkentdagi INTIL markazida bölib ötgan uçraşuvda haydovçilar yetişmasligi sababli Yaponiyadagi ayrim avtobus yönalişlari töxtatilişi mumkinligini ma’lum qildi.
Yaponiya delegatsiyasining taşrifi ONODERA USER RUN rekruting kompaniyasi kömagida taşkil etildi. Migratsiya agentligi va “Vatanparvar” taşkiloti rahbarlari iştirokida ötgan uçraşuvda avtobus haydovçilarini tayyorlaş hamda ularni Yaponiyada işga joylaştiriş böyiça hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Yaponiya kompaniyalari vakillari INTIL markazida yapon tili böyiça maşğulotlar va haydovçilarni tayyorlaş jarayoni bilan tanişdilar.
Hozirda ONODERA USER RUN kompaniyasi Özbekistonning 200 nafar fuqarosini Yaponiyada uçta yönaliş — haydovçilik, parvarişlaş xizmati va umumiy ovqatlaniş sohalarida işlaş uçun tayyorlamoqda.
Ularning 100 nafari avtobus haydovçisi sifatida işlaş uçun ta’lim olmoqda.