Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrida xalqaro «Yangi Buxoro» aeroportini quriş va boşqariş böyiça xalqaro tender ğolibi bölgan konsorsiumning yetakçi kompaniyasi — Turkiyaning Limak kompaniyasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Uçraşuvda Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov va Uzbekistan Airports boşqaruvi raisi Javlonbek Umarxöjayev iştirok etdi.
Muzokaralar Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz iştirokida ötkazilgan Özbekiston — Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça oliy darajadagi kengaşining birinçi yiğilişi doirasida bölib ötdi.
Limak delegatsiyasi tarkibidan kompaniya aksiyadori Serxan Baçaksiz, rais örinbosari Mesut Serxat, mintaqaviy menejer Hamdi Gyuneş, boşqaruv a’zosi Hakan Öztyurk, tijorat menejeri Mehmet Çetin va moliya menejeri Kvangyon Jong örin oldi.
Tomonlar davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) asosida loyihani amalga oşiriş böyiça keyingi qadamlarni muhokama qildilar.
Limak vakillari loyihani amalga oşirişni jadallaştirişga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Iştirokçilar DXŞ töğrisidagi bitim böyiça muzokaralarga tayyorgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratdilar. Tomonlar muzokaralar ötkaziş va hujjatni qisqa muddatlarda imzolaşga kelişib oldilar, şuningdek, tegişli işçi guruhlarning keyingi faoliyat tartibini muvofiqlaştirdilar.
Limak vakillari loyihaning öz vaqtida amalga oşirilişi Buxoroning turistik yönaliş sifatida rivojlanişi va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş uçun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Kompaniya, şuningdek, loyihaning barça bosqiçlarida hamkorlik qilişga tayyorligini bildirdi.
Xalqaro tender natijalariga köra, Limak–HBK konsorsiumi «Yangi Buxoro» xalqaro aeroportini quriş va boşqariş loyihasi ğolibi deb e’lon qilingan edi.
Loyiha yangi aeroport va soatiga 1 200 nafar yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega yölovçi terminalini qurişni nazarda tutadi. Şuningdek, aeroport oldi maydoni, avtoturargoh, maxsus texnika uçun maydonça va yordamçi infratuzilmani barpo etiş rejalaştirilgan.