Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Rosatom” davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyov Özbekistonning Jizzax viloyatida qurilayotgan integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasi maydonçasiga taşrif buyurdi. Bu yerda kiçik quvvatli birinçi energoblokni barpo etiş işlari davom etmoqda. Bu haqda “Rosatom” xabar berdi.
Poydevor plitasiga beton quyiş işlari 2026 yil 4 iyunda boşlangan. Hozirda reaktor binosi asosini betonlaş davom etmoqda, işlarga 25 ta texnika birligi jalb qilingan. Yil oxiriga qadar birinçi energoblok reaktor bölimi poydevor plitasini qurib bitkaziş rejalaştirilgan. Buning uçun 10 ming kub metr beton quyiş talab etiladi.
Lixaçyov boşlangan işlarni Özbekiston energetikasi va iqtisodiyoti, şuningdek, Rossiya va Özbekiston örtasidagi hamkorlik uçun muhim ahamiyatga ega loyihaning asosiy bosqiçi deb atadi. Uning sözlariga köra, loyiha nafaqat elektr stansiyasini qurişni, balki atomçilar şaharçasi va zamonaviy ilmiy-sanoat klasterini taşkil etişni ham nazarda tutadi.
Ayni paytda hududda 30 mingdan ortiq mutaxassis va ularning oila a’zolari yaşaşi uçun möljallangan bölajak atomçilar şahri ham barpo etilmoqda. AES quriliş maydonçasidan taxminan 25 kilometr masofada sanoat klasterini taşkil etiş ham rejalaştirilgan.
Integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasi har birining quvvati 1 000 MVt bölgan ikkita yirik energoblok va har birining quvvati 55 MVt bölgan ikkita kiçik energoblokdan iborat böladi. Loyihaviy quvvatiga yetgaç, AES yiliga 17,2 milliard kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarişi kutilmoqda.
Loyiha Rossiya va Özbekiston örtasidagi kelişuvlar doirasida amalga oşirilmoqda. 2024 yil may oyida tomonlar atom elektr stansiyasining kiçik quvvatli turini quriş böyiça hamkorlikni ham qamrab oladigan hukumatlararo hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan hujjatlarni imzolagan.
2025 yil sentyabr oyida “Rosatom” va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi — “Özatom” özaro hamkorlikni yana-da kengaytiriş böyiça hujjatlarni rasmiylaştirdi. 2026 yil mart oyida esa integratsiyalaşgan AES qurilişini nazarda tutuvçi qöşimça kelişuv imzolandi.
Birinçi energoblok qurilişi boşlanganiga bağişlangan marosim 2026 yil 4 iyun kuni Jizzax viloyatining Foriş tumanida bölib ötdi. Tadbir Özbekistondagi quriliş maydonçasi va Sankt-Peterburg örtasidagi telemost şaklida taşkil etildi. Qurilişni boşlaşga Rossiya va Özbekiston prezidentlari Vladimir Putin va Şavkat Mirziyoyev ruxsat berdi.
Loyiha bir maydonda yirik va kiçik quvvatli energobloklarni birlaştiradi. Bu “Rosatom” uçun şu turdagi birinçi eksport loyihasi böladi.