Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Sibir daryolari suvining bir qismini Markaziy Osiyoga buriş böyiça qimmat loyihada iştirok etişdan köra, irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş orqali suv sarfini kamaytirişni iqtisodiy jihatdan maqbul deb hisoblaydi. Bu haqda suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamrayev 19 noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Vazirning sözlariga köra, rossiyalik olimlar Sibirdan Markaziy Osiyoga suv yetkazib beriş imkoniyatini yana muhokama qilmoqda. Taklif etilayotgan variantlardan biri yiliga qariyb 5 mlrd kub metr suvni burişni nazarda tutadi. Buning uçun dastlabki investitsiyalar 100 mlrd dollardan boşlanişi mumkin.
Hamrayevning eslatişiça, bunday rejalar hali sovet davridayoq işlab çiqilgan. Öşa vaqtda suvni taşişning turli usullari örganilgan, biroq 1986 yil 14 avgustda SSSR hukumati loyiha böyiça işlarni töxtatiş töğrisida qaror qabul qilgan.
Vazir Özbekiston boşqa hududlardan suvni katta xarajatlar evaziga olib kelişsiz ham suv resurslarini sezilarli darajada tejaşga erişganini ta’kidladi.
«Biz özimiz allaqaçon 11 mlrd kub metr suvni tejayapmiz. Bunda 100 mlrd dollar sarflaganimiz yöq. Agar barça çora-tadbirlarimiz uçun qilingan xarajatlarni jamlasak, ehtimol, taxminan 5 mlrd dollar kelib çiqadi», — dedi Hamrayev.
Uning baholaşiça, irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va suv tejovçi texnologiyalarni joriy etişga qöşimça 5–10 mlrd dollar investitsiya kiritiş mamlakatga yana-da köproq suvni tejaş imkonini beradi.
Şu bilan birga, vazir kelajakda Özbekistonga suv ta’minotining qöşimça manbalari kerak bölişi mumkinligini istisno etmadi. Uning aytişiça, bunday ehtiyoj iqlim özgarişi, yoğingarçilik miqdori va transçegaraviy daryolar havzalaridagi suv hajmiga boğliq böladi.
«Faraz qilaylik, 2050-yillarga kelib tabiatda bunday möjiza röy bermasa, suv yildan-yilga kamayib borsa va iqlim özgarişi bizga qarşi ta’sir körsatişda davom etsa, biz qöşimça suv manbalarini izlaşga majbur bölamiz», — dedi Suv xöjaligi vaziri.
Hamrayev, şuningdek, sovet davridagi loyiha har yili qariyb 27 mlrd kub metr suvni burişni nazarda tutganini eslatdi. Uning fikriça, bunday tizim Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston va qisman Turkmaniston uçun foydali bölişi mumkin edi. Vazir kelgusidagi tadqiqotlar va muzokaralar loyihaning maqsadga muvofiqligini tasdiqlasa, uşbu ğoyaga qaytiş ehtimolini ham istisno qilmadi.
2025 yil noyabr oyida Rossiya Fanlar akademiyasi olimlari Ob daryosi oqimining bir qismini Markaziy Osiyoga buriş imkoniyatini qayta örganişni taklif qilgan edi. Suvni oçiq kanallar orqali taşişni nazarda tutgan sovet konsepsiyasidan farqli ravişda, zamonaviy variant yopiq quvurlar tizimidan foydalanişni közda tutadi.
Variantlardan biri har birining uzunligi qariyb 2 100 km bölgan yettita quvur liniyasi qurilişini nazarda tutadi. Birinçi bosqiçda yiliga taxminan 5,5 mlrd kub metr suv taşiş, keyinçalik esa bu hajmni uç-tört baravarga oşiriş rejalaştirilgan.
«IES Injiniring i Konsalting» kompaniyasi loyihalari rahbari Dmitriy Sozonovning baholaşiça, dastlabki investitsiyalar kamida 100 mlrd dollarni taşkil qilişi mumkin. Yillik ekspluatatsiya xarajatlari 700 mln dollardan 1,5 mlrd dollargaça baholanmoqda. Asosiy quvvatlarni quriş esa kamida ön yil davom etişi mumkin.
Rossiya Tabiiy resurslar vazirligi avvalroq loyiha hujjatlari idoraga kelib tuşmaganini, muhokamalar esa ilmiy-ekspert bosqiçida ekanini ma’lum qilgan edi.
Ayni paytda Özbekistonda suvni tejaş dasturlarini kengaytiriş işlari davom etmoqda. 11 noyabr kuni Hamrayev Qonunçilik palatasidagi çiqişida suv tejovçi texnologiyalar, irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va raqamlaştiriş natijasida 10,69 mlrd kub metr suvni tejaşga erişilganini ma’lum qildi.
Tejalgan suvning qariyb 5 mlrd kub metri suv tejovçi texnologiyalar va yerlarni lazer yordamida tekislaş hisobiga töğri keladi. Yana 3,14 mlrd kub metr suv esa suğoriş tarmoqlarini ta’mirlaş, tiklaş va betonlaş orqali tejalgan.
2025–2028 yillarga möljallangan suv xöjaligini rivojlantiriş dasturi doirasida 2 551 km irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qiliş va 1,4 mln gektar maydonda suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş közda tutilgan.
Rejalarga muvofiq, 2028 yilga borib suvni yillik tejaş hajmi 14 mlrd kub metrga, 2030 yilga kelib esa 15 mlrd kub metrga yetkazilişi kerak.