Özbekiston

“Ğiştköprik” çegara posti 25 noyabr kuni oçiladi

“Ğiştköprik” çegara posti 25 noyabr kuni oçiladi
“Ğiştköprik” çegara posti 25 noyabr kuni oçiladi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Qozoğiston çegarasida joylaşgan “Ğiştköprik” çegara bojxona posti 2026 yil 25 noyabr kuni rasman oçiladi. Yangilangan punkt orqali fuqarolarni ötkaziş soat 16:00 da boşlanadi. Bu haqda Özbekiston Bojxona qömitasi ma’lum qildi.

“Çernyayevka” nomi bilan ham tanilgan mazkur ötkaziş posti rekonstruksiya işlari munosabati bilan 2025 yil 5 fevraldan öz faoliyatini töxtatgan edi. Qozoğiston tomonida unga «Jibek Joli» çegara ötiş posti mos keladi.

25 noyabr kuni fuqarolarni ötkaziş boşlanişidan oldin mazkur punktda Özbekiston va Qozoğiston rasmiy delegatsiyalari iştirokida oçiliş marosimi hamda obyektni topşirişga bağişlangan tadbirlar ötkaziladi.

Bojxona qömitasi aniqlik kiritişiça, fuqarolar yangilangan post orqali faqat uşbu tadbirlar yakunlanganidan keyin çegaradan ötişi mumkin böladi. Idora fuqarolarni safarlarini rejalaştirişda çegaradan ötkaziş boşlanadigan vaqtni inobatga olişga çaqirdi.

Maydoni 2,7 gektar bölgan «Jibek Joli» posti hududida har birining maydoni 10 ming kvadrat metrni taşkil etuvçi ikkita yölovçi terminali qurildi. Özbekiston tomonidagi “Ğiştköprik” posti hududi esa 9 gektarni egallaydi.

Modernizatsiya işlaridan söng ikkala çegara ötiş posti bir sutkada 70 ming nafargaça kişiga xizmat körsata oladi. Eng yuqori yuklama davrlarida esa bu körsatkiç 100 ming nafargaça yetadi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.