Iqtisod

Özbekiston va Turkiya çiqindilar sohasida hamkorlik qiladi

Özbekiston va Turkiya çiqindilar sohasida hamkorlik qiladi
Özbekiston va Turkiya çiqindilar sohasida hamkorlik qiladi / Foto: Çiqindilarni boşqariş va aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Turkiya çiqindilarni boşqariş hamda aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş sohasidagi hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldi.

Bu haqda Özbekiston Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Çiqindilarni boşqariş va aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.

Tegişli hamkorlik töğrisidagi bayonotni Çiqindilarni boşqariş va aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TİKA) imzoladi.

Hujjat çiqindilarni qayta işlaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş va ekologik jihatdan barqaror şaharlarni şakllantiriş sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlaşni nazarda tutadi.

Erişilgan kelişuvlar doirasida tomonlar Özbekistonda organik çiqindilarni kompostlaş böyiça pilot loyihalarni işga tuşiriş imkoniyatlarini körib çiqadi.

Şuningdek, plastik idişlar va qayta işlaşga yaroqli boşqa turdagi qadoqlarni qabul qiliş uçun avtomatlaştirilgan qurilmalarni joriy etiş masalasini örganiş rejalaştirilgan.

Hamkorlik zamonaviy ekologik texnologiyalarni qöllaş, texnik tajriba almaşiş va «Nol çiqindi» (Zero Waste) tamoyillarini ilgari surişni ham nazarda tutadi.

Kutilişiça, hamkorlik ekologik sohada ikki mamlakat örtasidagi amaliy aloqalarni kengaytiriş, çiqindilarni qayta işlaş salohiyatini oşiriş va Özbekistonda aylanma iqtisodiyot tamoyillarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş imkonini beradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.