Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xitoyning CSCEC International kompaniyasi bilan transport infratuzilmasi sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Uçraşuv 30 oktyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirining birinçi örinbosari Ilhom Norqulov hamda kompaniya boş direktorining örinbosari Sun Szindun boşçiligidagi delegatsiya iştirokida bölib ötdi.
Tomonlar Özbekiston va Xitoy örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Bunda yöl-transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va tegişli qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar davomida transport sohasidagi istiqbolli loyihalar hamda ikki mamlakatning tegişli tuzilmalari örtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantiriş masalalari ham muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunlari böyiça iştirokçilar istiqbolli loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş maqsadida muloqotni davom ettiriş hamda hamkorlikni mustahkamlaş muhimligini ta’kidladi.