Iqtisod

O‘zbekiston va Gruziya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Gruziya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Gruziya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytiradi  / Foto: O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Gruziya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi. Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha Ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi videokonferensiya shaklida o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshev, Gruziya Atrof-muhitni muhofaza qilish va qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, shuningdek, sohaviy ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Tomonlar asosiy eʼtiborni chorvachilik sohasida tajriba almashishga qaratdi.

Ishtirokchilar sohani rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, ilg‘or tajribani ishlab chiqarishga joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Zaytunzorlarni barpo etish va yetishtirish masalalari ham alohida yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqildi. Tomonlar Gruziya tajribasi, zamonaviy agrotexnologiyalar va bunday bog‘larni tashkil etish yondashuvlarini, shuningdek, mevachilik, sabzavotchilik va bog‘dorchilikda ilmiy usullarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, mavjud aloqalarni mustahkamlash va agrar sohada yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligini taʼkidladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.