O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Mirziyoyev Bishkekda SHHT sammitida ishtirok etadi

Dilafro'z Niyazova · 30.08.2026 · 23:58 · 35 views
Mirziyoyev Bishkekda SHHT sammitida ishtirok etadi
Mirziyoyev Bishkekda SHHT sammitida ishtirok etadi / Foto: O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 avgust — 1 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi va «SHHT plyus» formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun ishchi tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan amalga oshiriladi. Sammit kun tartibidan SHHT doirasida ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin oladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini ham muhokama qiladi.

Yig‘ilish yakunida SHHTning 25 yilligiga bag‘ishlangan Bishkek deklaratsiyasi, shuningdek, turli sohalardagi sheriklikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Jumladan, hujjatlarda xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, ekologiya, sunʼiy intellekt va madaniy-gumanitar almashinuv masalalari qamrab olinadi.

Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo‘lish davomida sammit doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.