O‘zbekiston

Ozarbayjon va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni muhokama qildi

Ozarbayjon va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni muhokama qildi
Ozarbayjon va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni muhokama qildi / Foto: O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ozarbayjon va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari vakillari shtab muzokaralarini o‘tkazib, ikki tomonlama harbiy hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuv Ozarbayjon Mudofaa vazirligining Xalqaro harbiy hamkorlik boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Muzokaralar ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasida 2026 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi asosida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning joriy holati va uni yana-da rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, o‘zaro manfaatdorlik uyg‘otuvchi masalalar ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar ishtirokchilari Ozarbayjon va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari o‘rtasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazilishi ikki mamlakat armiyalari o‘rtasida tajriba almashishga qo‘shayotgan hissasini qayd etdi.

Shuningdek, «Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida 2027 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi» loyihasiga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.