Shoshilinch
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirliklari hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirliklari hamkorlikni mustahkamlamoqda
O‘zbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirliklari hamkorlikni mustahkamlamoqda / Foto: Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlaridan iborat delegatsiya Turkiyada kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish va ilg‘or ish usullarini o‘rganishga qaratilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Tashrif doirasida Turkiya Ichki ishlar vazirligi tizimiga kiruvchi Turkiya Xavfsizlik bosh boshqarmasiga borgan o‘zbek mutaxassislari turkiyalik hamkasblarining tajribasi va ish amaliyotini o‘rganmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kurs ishtirokchilari kontrabanda kanallarini aniqlash usullari, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash yondashuvlari va ushbu sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy amaliy vositalar bilan tanishmoqda.

Olingan bilimlar va o‘rganilgan tajribani O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlarining tegishli yo‘nalishlardagi keyingi faoliyati samaradorligini oshirishda qo‘llash rejalashtirilmoqda.

Kurslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlarining kasbiy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini yana-da rivojlantirishga qaratilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.