O‘zbekiston

O‘zbekiston va Eron ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Eron ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Eron ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi / Foto: Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev 5 oktyabr kuni Eronning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Eskandariy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi.

Xususan, siyosiy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport hamda madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbatdoshlar, shuningdek, yaqin istiqbolga mo‘ljallangan tadbirlarni ko‘rib chiqdi hamda dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.