O‘zbekiston

O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqning 153-Assambleyasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqning 153-Assambleyasida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqning 153-Assambleyasida ishtirok etmoqda / Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tanzaniyaning Arusha shahrida 5 oktyabr kuni Parlamentlararo ittifoqning (PI) 153-Assambleyasi o‘z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida ishtirok etmoqda.

Tanzaniya Milliy assambleyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda 180 dan ortiq mamlakat parlamentlarining 2 mingdan ziyod spiker va deputatlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

153-Assambleyaning asosiy mavzusi «Inklyuzivlik, ishonch va barcha uchun imkoniyatlar orqali samarali boshqaruvni takomillashtirish va jamiyatlar imkoniyatlarini kengaytirish» deb belgilangan.

Assambleya va yalpi majlislar davomida ishtirokchilar global va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalarni ko‘rib chiqmoqda. Kun tartibidan inklyuziv ijtimoiy rivojlanish, inson huquqlarini taʼminlash, sunʼiy intellektdan foydalanish, iqlim o‘zgarishi va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari o‘rin olgan.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish va terrorizmga qarshi kurashish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tadbir doirasida, shuningdek, Parlamentlararo ittifoq Prezidentini saylash ko‘zda tutilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.