Shoshilinch
O‘zbekiston

Farg‘onada “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish to‘xtatildi

Farg‘onada “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish to‘xtatildi
Farg‘onada “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish to‘xtatildi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatida “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinishning oldi olindi.

Dang‘ara tumanidagi sayyohlik kompaniyasi xodimi tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda to‘rt nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Tezkor tadbir DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Sayyohlik kompaniyasi xodimi ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar maʼlumotiga ko‘ra, erkak to‘rt nafar fuqaroni “Umra” ziyoratini ado etish uchun safarini tashkil etish evaziga 4 400 dollar talab qilgan. U oldindan to‘lov sifatida 1 100 dollar olgan.

Bunda sayyohlik kompaniyasi xodimida “Umra” ziyoratini tashkil etish uchun tegishli litsenziya bo‘lmagan.

Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni bunday huquqbuzarliklar haqida DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirdi. Ariza beruvchilarning shaxsi maxfiyligi kafolatlanadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.