Özbekiston

Özbekiston va Malayziya pensiya jamğarmalarini boşqarişni muhokama qildi

Özbekiston va Malayziya pensiya jamğarmalarini boşqarişni muhokama qildi
Özbekiston va Malayziya pensiya jamğarmalarini boşqarişni muhokama qildi / Foto: Özbekiston Pensiya jamğarmasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Malayziya pensiya jamğarmalari mablağlarini boşqariş hamda investitsiya faoliyati sohalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Pensiya jamğarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Pensiya jamğarmasi vakillari boşçiligidagi delegatsiya pensiya ta’minoti sohasidagi xorijiy tajribani örganiş maqsadida Kuala-Lumpur şahrida bölib turibdi.

Taşrif doirasida Özbekiston tomoni Malayziyaning Xodimlar jamğarma fondi (Employees Provident Fund, EPF) faoliyati bilan tanişdi. Şuningdek, taşkilot vakillari bilan uçraşuv ötkazildi.

Tomonlar EPFning vakolatlari, boşqaruv tamoyillari va institutsional tuzilmasini körib çiqdi. Pensiya mablağlarini investitsiya qiliş strategiyalariga, jumladan, şariat tamoyillariga muvofiq investitsiya kiritiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Iştirokçilar investitsiyaviy xatarlarni aniqlaş, baholaş va boşqariş tizimi, şuningdek, pensiya aktivlarini uzoq muddatli boşqariş yondaşuvlarini ham muhokama qildi.

EPF mutaxassislari Özbekiston delegatsiyasiga fondda qöllaniladigan investitsiya strategiyasini şakllantiriş va xatarlarni boşqarişning amaliy usullari haqida ma’lumot berdi.

Taşrif Malayziyaning pensiya mablağlarini boşqariş va investitsiya qiliş tajribasini örganiş, şuningdek, uni Özbekiston pensiya tizimini takomillaştirişda qöllaş imkoniyatlarini baholaşga qaratilgan.

Uçraşuv yakunlari böyiça ikki mamlakat vakillari tajriba almaşişni davom ettiriş va hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.