Shoshilinch
Moliya

Tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga 9 oyda 27,1 trln so‘m ajratildi

Tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga 9 oyda 27,1 trln so‘m ajratildi
Tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga 9 oyda 27,1 trln so‘m ajratildi / Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning to‘qqiz oyi davomida Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga 27,09 trln so‘m miqdorida transfertlar ajratildi. Bu haqda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Ushbu mablag‘ning 1,37 trln so‘mi respublika byudjetidan ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun nazarda tutilgan. Qolgan 25,72 trln so‘m hududlar kesimida taqsimlangan.

Eng ko‘p mablag‘ Samarqand viloyatiga — 3,05 trln so‘m ajratilgan. Undan keyin Farg‘ona viloyati — 2,78 trln so‘m, Andijon viloyati — 2,31 trln so‘m, Toshkent viloyati — 2,1 trln so‘m, Qashqadaryo viloyati — 2,08 trln so‘m va Namangan viloyati — 2,03 trln so‘m mablag‘ olgan.

Toshkent shahriga 1,83 trln so‘m, Surxondaryo viloyatiga — 1,78 trln so‘m, Buxoro viloyatiga — 1,68 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga — 1,65 trln so‘m, Xorazm viloyatiga — 1,39 trln so‘m ajratilgan.

Eng kam mablag‘ Jizzax viloyatiga — 1,13 trln so‘m, Navoiy viloyatiga — 1,12 trln so‘m va Sirdaryo viloyatiga — 801,2 mlrd so‘m yo‘naltirilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.