Shoshilinch
Moliya

OTB suv resurslari bo‘yicha ishchi guruh hamraisi bo‘ldi

OTB suv resurslari bo‘yicha ishchi guruh hamraisi bo‘ldi
OTB suv resurslari bo‘yicha ishchi guruh hamraisi bo‘ldi / Foto: ADB Uzbekistan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda suv resurslari, suv taʼminoti va sanitariya masalalari bo‘yicha ishchi guruhning hamraisi bo‘ldi.

Osiyo taraqqiyot banki maʼlumotlariga ko‘ra, 12-oktabr kuni Toshkentda guruhning yettinchi yig‘ilishida Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC)) dan rasmiy vakolatlar topshirildi.

Yig‘ilishda davlat idoralari vakillari, taraqqiyot bo‘yicha hamkorlar hamda xalqaro moliya tashkilotlari ishtirok etdi. Ular suv sohasidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlar va islohotlarni muhokama qildi. Bank hamraislik vazifalarining topshirilishini uchrashuvning asosiy natijalaridan biri sifatida qayd etdi.

OTB SDC‘ga suv sohasida muloqotni rivojlantirish va ishlarni muvofiqlashtirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Bank yangi maqomida O‘zbekiston hukumati va taraqqiyot bo‘yicha hamkorlar bilan yaqin hamkorlik qilish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.

Qo‘shma ishlar suv resurslarini boshqarish, sug‘orish, suv taʼminoti va sanitariya sohalarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalarni rag‘batlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash va aholi uchun xizmatlar sifatini oshirish borasidagi umumiy maqsadlarga sodiq ekanliklarini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.