O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida ikki oltin oldi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Tailandning Bangkok shahrida start olgan velotrek bo‘yicha Osiyo kubogi bosqichining birinchi kunida ikki medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqada Sergey Rostovsev va Samira Ismoilova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Sergey Rostovsev “skretch” yo‘nalishida oltin medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasiga yana bir oltin medalni individual taʼqib poygasida g‘olib bo‘lgan Samira Ismoilova taqdim etdi.
Shu tariqa, musobaqaning birinchi kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi ikki oltin medalni qo‘lga kiritdi.