Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakillari Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida akademik eshkak eshish va o‘q otish sport turlari bo‘yicha ikki oltin va bir kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha yengil vazn toifasidagi LM2x dasturida Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaroliyev marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tib, O‘zbekiston terma jamoasiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.
Joriy yilda Nurmatov va Safaroliyev jahon chempionlari ham bo‘lgan.
O‘zbekistonga yana bir oltin medalni 10 metr masofadan pnevmatik to‘pponcha bilan o‘q otish bahsida g‘alaba qozongan Vladimir Svechnikov olib keldi. Bu O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlarida o‘q otish sporti bo‘yicha 32 yildan buyon qo‘lga kiritgan ilk oltin medalidir.
Svechnikov, shuningdek, 244,3 ochko jamg‘arib, Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.
Akademik eshkak eshishda O‘zbekiston kumush medalga ham sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasidagi W2- dasturida Aydana Smetullayeva va Anna Aksenova marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.