Sport

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida chorak finalga chiqdi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida chorak finalga chiqdi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida chorak finalga chiqdi / Foto: O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoasi U-23 XX yozgi Osiyo o‘yinlarining guruh bosqichi ikkinchi turida Quvayt terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Uchrashuv Yaponiyaning Nagoya shahridagi CS Asset Minato Soccer Stadium stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi har ikki golni Sardor Bahromov urdi.

Ikki turdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 6 ochko to‘pladi va musobaqaning chorak finaliga chiqishni muddatidan oldin kafolatladi.

Guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Vyetnam terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Osiyo o‘yinlarining erkaklar futbol turnirida 15 ta jamoa ishtirok etmoqda. Ular to‘rtta guruhga bo‘lingan. Uchta guruhda to‘rttadan terma jamoa, yana bir guruhda esa uchta jamoa ishtirok etadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.