Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 17 sentyabr kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Siguler Guff & Company kompaniyasining mintaqaviy loyihalar rahbari Dmitriy Radchenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Uchrashuvda xalqaro kapitalni jalb qilish hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, loyihalarni tizimlashtirish va investitsiyalarni jalb qilish uchun Toshkent xalqaro moliya markazi salohiyatidan foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar istiqbolli investitsiya tashabbuslarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.