Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston sport gimnastikasi terma jamoasi vakili O‘tkirbek Jo‘rayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning ot ustida bajariladigan mashq bo‘yicha finalida Jo‘rayev 14,733 ball to‘plab, eng yaxshi natijani qayd etdi va birinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, O‘tkirbek Jo‘rayev O‘zbekiston terma jamoasiga Osiyo o‘yinlarida navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.