O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgga keldi

Dilafro'z Niyazova · 25.12.2024 · 12:24 · 712 views
O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgga keldi
O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi.

"Pulkovo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

So‘ng davlatimiz rahbari gubernator hamrohligida Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 25-26-dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.