Texnologiyalar

IT Park va Ummon startaplarni bozorlarga olib chiqishni muhokama qildi

IT Park va Ummon startaplarni bozorlarga olib chiqishni muhokama qildi
IT Park va Ummon startaplarni bozorlarga olib chiqishni muhokama qildi  / Foto: IT Park Uzbekistan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — IT Park Uzbekistan va Ummonning Knowledge Oasis Muscat (KOM) texnoparki startaplar va IT kompaniyalarni ikki mamlakat bozorlariga olib chiqish, shuningdek, inkubatsiya va biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi. Muzokaralar ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda kompaniyalarni ikki tomonlama almashish, yaʼni o‘zbekistonlik startaplar va IT kompaniyalarni Ummon bozorida ilgari surish hamda ummonlik biznes vakillarini O‘zbekistondagi imkoniyatlar bilan tanishtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Knowledge Oasis Muscat 2003 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Madayn tashkiloti tomonidan boshqariladi. Texnopark ekotizimida Ericsson, Oracle, HP, Microsoft va Huawei kabi kompaniyalar ham kiruvchi 200 dan ortiq kompaniya va tashkilot faoliyat yuritadi.

Uchrashuvda KOM bosh direktori Jaʼfar bin Muhammad bin Ali Al-Ajmiy ishtirok etdi.

IT Park Uzbekistan va Knowledge Oasis Muscat o‘rtasidagi muzokaralar 2026 yil avgust oyida boshlangan. Hamkorlik doirasida tomonlar qo‘shma vebinarlar o‘tkazish va o‘zbekistonlik kompaniyalarni Ummon bozoriga olib chiqish dasturini ishlab chiqish masalalarini ko‘rib chiqmoqda.

Ishtirokchilar O‘zbekiston biznesi uchun Ummonda istiqbolli bo‘lgan yo‘nalishlarni, jumladan, logistika, yashil vodorod va sanoat texnologiyalarini muhokama qildi.

Bozorga chiqish dasturi mahalliy investorlar va korporativ hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatish, shuningdek, inkubatsiya va biznesni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun KOM infratuzilmasidan foydalanishni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, tomonlar 2026 yil noyabr oyida beshta o‘zbek kompaniyasi ishtirokida Ummonga biznes-missiya tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, COMEX 2027 ko‘rgazmasida O‘zbekiston pavilyonini ochish imkoniyati muhokama qilindi.

Keyinchalik tomonlar Ummondan o‘zbek texnologik kompaniyalarining GCC mamlakatlari bozorlariga chiqishi uchun maydon sifatida foydalanishni rejalashtirmoqda. Hamkorlik yo‘nalishlari qatorida yumshoq kirish (soft landing) mexanizmlari va inkubatsiya ham belgilandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha bozorga chiqish dasturini ishlab chiqish va IT Park Uzbekistan hamda Knowledge Oasis Muscat o‘rtasidagi hamkorlikni rasmiylashtirishi kerak bo‘lgan memorandum ustida ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.