Dunyo

BAA Eron bilan savdo va moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatdi

BAA Eron bilan savdo va moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatdi
BAA Eron bilan savdo va moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatdi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Birlashgan Arab Amirliklari Eron bilan barcha turdagi faoliyat, savdo almashinuvi va moliyaviy operatsiyalarni keyingi xabarga qadar to‘xtatdi. Bu haqda BAA Tashqi ishlar vazirligi Strategik kommunikatsiyalar departamenti direktori Afra al-Hamli maʼlum qildi.

«Eron bilan barcha turdagi faoliyat, savdo almashinuvi va moliyaviy operatsiyalar keyingi xabarga qadar to‘xtatildi», — deyiladi uning yozma bayonotida.

Avvalroq BAA hukumati Eron tomonidan amirliklarning port infratuzilmasiga raketa zarbasi berilganini maʼlum qilgan edi. Ularning maʼlumotlariga ko‘ra, zarba nishonga yetmagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.