Texnologiyalar

Xurram Teshabayev Terra GeoCube rahbari bilan IT sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Xurram Teshabayev Terra GeoCube rahbari bilan IT sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
Xurram Teshabayev Terra GeoCube rahbari bilan IT sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev Qozog‘istonning “Terra GeoCube” kompaniyasi boshqaruv raisi Krimbek Kusherbayev bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar IT sohasida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma raqamli tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida muloqotni davom ettirish hamda istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.