Iqtisod

UzAuto Motors shartnoma asosida 40 mingdan ortiq Chevrolet Cobalt avtomobillarini sotdi

UzAuto Motors shartnoma asosida 40 mingdan ortiq Chevrolet Cobalt avtomobillarini sotdi
UzAuto Motors shartnoma asosida 40 mingdan ortiq Chevrolet Cobalt avtomobillarini sotdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobillarini yetkazib berish uchun 40 mingdan ortiq shartnoma tuzdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, savdo.uzavtosanoat.uz platformasi va UzAvtoSavdo mobil ilovasi orqali avtomobillar sotib olish shartnomalarini rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi.

Ishlab chiqaruvchining ma’lumotiga ko‘ra, jami 40 010 shartnoma tuzilgan, shulardan 39 872 tasi One ID tizimi orqali avtorizatsiyadan o‘tgan jismoniy shaxslar, 138 tasi esa yuridik shaxslar tomonidan imzolangan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.