Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — «UzAuto Motors» AJ 2025 yil yakunlari bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun 50,6 mlrd so‘m yo‘naltiradi, foydaning asosiy qismi — 4,2 trln so‘m — esa kompaniya tasarrufida taqsimlanmagan foyda sifatida qoladi.
Bunday qaror 2026 yil 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan «UzAuto Motors» aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida qabul qilindi.
Dividend miqdori har bir aksiya uchun 187 so‘mni tashkil etadi. To‘lovlarni olish huquqiga tegishli reyestrga kiritilgan aksiyadorlar ega. T+2 rejimi hisobga olingan holda reyestrni shakllantirishning so‘nggi kuni 22 sentyabr bo‘lgan.
2025 yil davomida «UzAuto Motors» bir necha marta foydaning bir qismini dividendlar to‘lashga yo‘naltirgan.
Yil davomida to‘langan dividendlarning umumiy miqdori har bir aksiya uchun 6 139 so‘mni tashkil etdi.