Shoshilinch
Turizm

O‘zbekiston Parijdagi gastronomik festivalda ilk bor stend taqdim etdi

O‘zbekiston Parijdagi gastronomik festivalda ilk bor stend taqdim etdi
O‘zbekiston Parijdagi gastronomik festivalda ilk bor stend taqdim etdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston ilk bor Parijdagi Konkord maydonida (Place de la Concorde) bo‘lib o‘tgan Village International de la Gastronomie xalqaro gastronomik festivalida milliy stendi bilan ishtirok etdi. Mamlakatning tadbirdagi ishtiroki «Milliy PR-markaz» davlat muassasasi tomonidan tashkil etildi.

Xalqaro gastronomik festivalning X tadbiri doirasida tashrif buyuruvchilar o‘zbek taomlari, anʼanaviy hunarmandchilik va madaniyat bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Maydonchada ochiq olovda palov, somsa va manti tayyorlandi, mehmonlarga esa o‘zbek paxlavasi va choyi taklif etildi.

Tashrif buyuruvchilarning alohida eʼtiborini O‘zbekistonning anʼanaviy sanʼat va hunarmandchilik turlari bilan bog‘liq buyumlar, jumladan, miniatyura sanʼati namunalari, to‘qimachilik mahsulotlari, kulolchilik buyumlari va choy servizlari tortdi.

Buxorolik miniatyurachi rassom Xondamir Boronov mehmonlar uchun mahorat darslari o‘tkazib, miniatyura yaratishning anʼanaviy texnikasi haqida so‘zlab berdi.

Dasturning gastronomik qismi ham katta qiziqish uyg‘otdi. Plov & Samsa vakillari bir kunda 1 mingtagacha somsa sotdi, taomlar va ichimliklar esa festival ishi yakunlanishidan oldin ham bir necha bor tugab qoldi.

Tadbirda ishtirok etish O‘zbekistonni fransuz auditoriyasiga milliy taomlar, anʼanaviy hunarmandchilik va bevosita madaniy muloqot orqali tanishtirish imkonini berdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.