Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Vanuatu diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Tegishli Qo‘shma kommyunike 22 sentyabr kuni Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi ikki mamlakat vakillari tomonidan imzolandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Hujjatni O‘zbekiston va Vanuatu hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov hamda Vanuatunung BMTdagi missiyasi rahbari Odo Tevi imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.
Diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi O‘zbekistonning Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan tashqi siyosiy va diplomatik aloqalarini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.
Vanuatu — Melaneziyada joylashgan, Yangi Gebrid orollari arxipelagidagi 83 ta oroldan iborat orol davlat.
Shu tariqa, Vanuatu O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 169-mamlakat bo‘ldi.