Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–avgust oylarida 5,3 million nafar O‘zbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadida xorijga chiqqan.
2025 yilning mos davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 109,9 ming nafarga oshgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekiston fuqarolarining eng ko‘p safarlari Qirg‘iziston Respublikasiga to‘g‘ri kelgan — 2 427 526 nafar. Ikkinchi o‘rinda 955 829 nafar tashrif buyuruvchi bilan Qozog‘iston, uchinchi o‘rinda esa 876 650 nafar O‘zbekiston fuqarosi borgan Tojikiston qayd etilgan.
O‘ntalikdan shuningdek Rossiya — 257 567 nafar, Turkiya — 212 265, Saudiya Arabistoni — 184 155, BAA — 56 910, Xitoy — 52 043, Misr — 39 599 va Vyetnam — 33 439 nafar bilan o‘rin olgan.
Shunday qilib, 2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston fuqarolarining sayyohlik maqsadidagi eng ko‘p xorijiy safarlari Markaziy Osiyoning qo‘shni davlatlariga amalga oshirilgan.