Turizm

O‘zbekistonga sakkiz oyda 9,1 mln sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonga sakkiz oyda 9,1 mln sayyoh tashrif buyurdi
O‘zbekistonga sakkiz oyda 9,1 mln sayyoh tashrif buyurdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 9 102 729 nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 mln nafarga yoki 21,1 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Eng ko‘p sayyoh Qirg‘izistondan kelgan — 2 524 378 nafar. Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston egalladi, ushbu davlatdan O‘zbekistonga 2 171 581 nafar sayyoh tashrif buyurgan.

Sakkiz oy davomida Tojikistondan 2 025 400 nafar, Rossiyadan 867 757 nafar, Afg‘onistondan esa 329 620 nafar fuqaro O‘zbekistonga kelgan.

Eng ko‘p sayyoh yuborgan davlatlarning birinchi o‘ntaligidan Xitoy ham o‘rin oldi — 318 465 nafar. Shuningdek, Turkmanistondan 224 766 nafar, Turkiyadan 130 155 nafar, Hindistondan 39 538 nafar va Germaniyadan 32 249 nafar sayyoh tashrif buyurgan.

Shunday qilib, yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga eng katta turistik oqimni Markaziy Osiyoning qo‘shni davlatlari — Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston taʼminlagan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.