O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga keldi

UzDaily tahririyati · 29.07.2026 · 20:21 · 38 views
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga keldi
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga keldi / Foto: O'zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Ostona shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.