Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Interaktiv xizmatlar portali MY.SUD.UZda yangi «Taqiqlangan kanallar» xizmati ishga tushirildi. U orqali fuqarolar O‘zbekistonda ekstremistik deb topilgan internet-resurslar haqida maʼlumot olishlari mumkin.
Xizmat diniy ekstremizm, terrorizm va mutaassiblik g‘oyalarini tarqatuvchi internet manbalari ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
Tegishli materiallar O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish uchun Oliy sud qarori bilan taqiqlangan.
Foydalanuvchilar taqiqlangan resurslar va kanallar ro‘yxati bo‘yicha qidiruvni amalga oshirishlari, shuningdek, ularni ijtimoiy tarmoqlar va boshqa internet platformalari bo‘yicha saralashlari mumkin. Ro‘yxatda YouTube, TikTok, Instagram, Threads va boshqa servislardagi resurslar ham keltirilgan.
13 iyul holatiga ko‘ra, ro‘yxatga 1 882 ta internet manbasi kiritilgan.