Iqtisod

Made in Uzbekistan: o‘zbek ishlab chiqaruvchilari Lahorda o‘z mahsulotlarini taqdim etadi

Made in Uzbekistan: o‘zbek ishlab chiqaruvchilari Lahorda o‘z mahsulotlarini taqdim etadi
Made in Uzbekistan: o‘zbek ishlab chiqaruvchilari Lahorda o‘z mahsulotlarini taqdim etadi / Foto: Videodan olingan kadr.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining ma’lumotiga ko‘ra, Made in Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasi 2025-yil 11–13-fevral kunlari Pokistonning Lahor shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada tekstil sanoati, elektrotexnika, charm-poyabzal ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari va farmatsevtika kabi turli tarmoqlardagi yetakchi o‘zbek ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.

2024-yil sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 311 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Bundan 228 mln dollar o‘zbek eksporti, 83 mln dollar esa Pokistondan import qilingan mahsulotlarga to‘g‘ri kelgan.

Savdo-sanoat palatasi ta’kidlashicha, Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi biznes aloqalarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va yangi hamkorlar topish uchun muhim maydonchaga aylanadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.