Iqtisod

Afg'onistonlik avtomobil sotuvchilari O'zbekiston avtomobil bozorini o'rganmoqdalar

Afg'onistonlik avtomobil sotuvchilari O'zbekiston avtomobil bozorini o'rganmoqdalar
Afg'onistonlik avtomobil sotuvchilari O'zbekiston avtomobil bozorini o'rganmoqdalar / Foto: O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston avtomobillari Afg‘oniston bozorida yanada keng o‘rin egallashi mumkin.

Shu maqsadda Afg‘onistonning avtomobil savdosi sohasida faoliyat yurituvchi 30 dan ortiq yirik tadbirkor mamlakatimizga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tashrif doirasida mehmonlar mahalliy avtodilerlik markazlari, avtomobil bozorlari va eksportyor kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishadi.

Tashrifning eng muhim qismi esa — B2B uchrashuvlari. Unda ikki davlat tadbirkorlari avtomobillar eksportini kengaytirish, logistika, dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish va yangi savdo shartnomalarini imzolash istiqbollarini muhokama qiladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.