Xusanov dunyoning eng yaxshi U23 futbolchilari reytingiga kirdi

Xusanov dunyoning eng yaxshi U23 futbolchilari reytingiga kirdi

Xusanov dunyoning eng yaxshi U23 futbolchilari reytingiga kirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Xusanov CIES Football Observatory talqiniga ko‘ra 23 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatiga kiritildi.

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi so‘nggi olti oydagi natijalar asosida 67 ta milliy ligada to‘p surayotgan futbolchilarni baholadi.

Reytingni shakllantirishda statistik ko‘rsatkichlar, musobaqalar darajasi, jamoalar natijalari, shuningdek o‘yin vaqti hisobga olindi.

Tadqiqot maʼlumotlariga ko‘ra, Angliya premyer ligasi doirasida Xusanov 79,9 indeks bilan 19-o‘rinni egalladi.

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida APL reytingida “Liverpul” yarim himoyachisi Florian Virts birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin «Manchester Siti» futbolchisi Rayan Sherkiga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni «Nyukasl Yunayted» safida to‘p surayotgan Lyuis Xoll egalladi.

#Abduqodir Husanov  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling