Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Uzum Market marketpleysi texnik nosozlikdan so‘ng veb-sayti, mobil ilovasi va sotuvchilar uchun shaxsiy kabinet faoliyatini qayta tikladi. Kompaniya maʼlum qilishicha, xaridorlar yana odatdagi tartibda buyurtmalarni rasmiylashtirishlari mumkin.
Omborda buyurtmalarni yig‘ish jarayoni davom etmoqda, mamlakat bo‘ylab buyurtmalarni olib ketish punktlari esa shtat rejimida ishlayapti. Shu bilan birga, buyurtmalarni olib ketish punktlarida saqlash muddatlari uzaytirildi.
Kompaniya foydalanuvchilar va hamkorlar uchun avval eʼlon qilingan kompensatsiyalar amal qilishini ham tasdiqladi.
Texnik nosozlik sababli buyurtmalarini olib keta olmagan xaridorlarga bir hafta davomida keyingi xaridlar uchun promokodlar yuboriladi. Sotuvchilar uchun logistika va saqlash xizmatlari oktyabr oyi oxirigacha bepul bo‘ladi.
Franshiza asosida ishlaydigan buyurtmalarni olib ketish punktlari egalariga esa olinmay qolgan foyda qoplab beriladi.
Shu bilan birga, servisning ayrim funksiyalarida hozircha xatolar yuzaga kelishi mumkin. Ishlab chiqish jamoasi yangilangan infratuzilmani sinovdan o‘tkazish va ehtimoliy nosozliklarni bartaraf etishda davom etmoqda.
Kompaniya foydalanuvchilarga sabr-toqat va tushunish bilan munosabatda bo‘lganlari uchun minnatdorlik bildirdi.