Iqtisod

Toshkentda Georgia–Uzbekistan Silk Road biznes-forumi o‘tkaziladi

Toshkentda Georgia–Uzbekistan Silk Road biznes-forumi o‘tkaziladi
Toshkentda Georgia–Uzbekistan Silk Road biznes-forumi o‘tkaziladi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda 7 va 8 oktyabr kunlari «Georgia–Uzbekistan Silk Road» xalqaro biznes-forumi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir o‘zbekistonlik tadbirkorlarga B2B uchrashuvlar o‘tkazish va Gruziyaning 40 dan ortiq kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar olib borish imkonini beradi.

Xalqaro konferensiya 7 oktyabr kuni soat 10:30 dan 14:30 gacha JW Marriott Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Ertaga, 8 oktyabr kuni esa shu yerning o‘zida soat 10:00 dan 17:00 gacha biznes-ko‘rgazma tashkil etiladi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishlari hamda Gruziya kompaniyalari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishlari mumkin.

Ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishlarini IT va texnologiyalar, qurilish, arxitektura va development, tibbiyot va sog‘liqni saqlash, logistika va avtomobil sanoati, ichimliklar va FMCG, shuningdek, taʼlim sohalari tashkil etadi.

Ishtirok etish uchun tadbirkorlar oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Gruziya Savdo assotsiatsiyasi va EUROUZ hamkorligida tashkil etilmoqda.

Qo‘shimcha maʼlumotni +998 78 150 60 06 telefoni orqali yoki saytda olish mumkin.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.